Kibersport ishqibozlari!

PUBG MOBILE Turniri 

Kibersport ishqibozlari!

Sizlarni "PUBG MOBILE" bo'yicha yirik kiber sport musobaqasiga taklif etamiz. Quyidagi shartlar asosida o‘tkaziladigan turnirda 16 ta jamoa (offline) rejimda ishtirok etadi. Har bir jamoada 4 ta kibersportchi bo‘ladi va o‘yin 5 ta kartada o‘tkaziladi: Erangel, Miramar, Erangel, Miramar, Erangel.

 Musobaqa shartlari:
1. Faqat mobil qurilmadan foydalanishga ruxsat etiladi.
2. Quyidagilar taqiqlanadi:
   - 35 darajadan past bo‘lgan profilda o‘ynash
   - Emulyator (kompyuter), IPad va boshqa Pad turlari
   - "Cheat" va "Configuration" kabi haqiqiy o‘yinga qarshi bo‘lgan fayllar

O‘yin qaytadan o‘ynashni so‘ragan ishtirokchi turnirdan diskvalifikatsiya qilinadi.

Mukofotlar:
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori tomonidan 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan jamoalar quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
- Birinchi o‘rin: 5 000 000 so‘m
- Ikkinchi o‘rin: 4 000 000 so‘m
- Uchinchi o‘rin: 3 000 000 so‘m

Umumiy mukofot jamg‘armasi: 12 000 000 so‘m.

Turnirda qatnashish va g‘olib bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun: 

 Omad tilaymiz!

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube