Koreys tili to‘garagi

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti Koreys tili kafedrasi 5-bosqich talabalari M. Kurbanova hamda E. Madjitova tomonidan Shayxontohur tumanidagi 84-maktabda “Xorijiy tillarni rivojlantirish va oʻqitish” mavzusida koreys tili toʻgaragi tashkil etildi.

 

 

To‘garak davomida o‘quvchilarga koreys tili grammatikasi bosqichma-bosqich va chuqur o‘rgatildi. Shuningdek, ularning eshitib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida turli audio-mashqlar va interaktiv topshiriqlar bajarildi.

Mazkur to‘garak orqali o‘quvchilar nafaqat koreys tili bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashdi, balki Koreya Respublikasining madaniyati, urf-odatlari va an’analari bilan ham tanishishdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube