2024-yilda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi Yevropa kuni doirasida Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikning 30 yilligini nishonlaydi. Shu munosabat bilan maxsus bayram tadbirlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston bilan hamkorlikning 30 yilligiga bag‘ishlangan Yevropa Ittifoqi festivali 2024-yil 18-may, shanba kuni soat 14:00 da Toshkent Botanika bog‘ida o‘z eshiklarini jamoatchilikka ochadi.
Dastur avvalida Yevropa Ittifoqi va Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar, ya’ni Yevropa Jamoasi tomonidan moliyalashtirilgan loyihalar koʻrgazmasi taqdim etiladi.
Koʻrgazma bilan bir vaqtda oʻtkaziladigan Festival tadbirlari oilalar, bolalar va yoshlar uchun moslashtirilgan jonli dasturni taklif etadi. Yevropa Ittifoqiga oid viktorinalar, jamoaviy o‘yinlar, badiiy mahorat darslari va turli zonalarda – Mindscape, Sport, Dance and Arts – Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy hamkorlik ramzi bo‘lgan, almashinuv va intellektual hamkorlikni rag‘batlantiruvchi o‘yinlar va bayramlarni o‘z ichiga oladi.
Yevropa Ittifoqi festivali va ko‘rgazmasi Botanika bog‘i amfiteatrida soat 17:30 da bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston hamkorligining 30 yilligiga bag‘ishlangan Gala-konsert bilan yakunlanadi. Tadbirda Sahar Group, Vasilisa Naypak, Elyorbek Meliboev, Sabina Mustaeva, “Marokand” guruhi, “Hooligans” guruhi va DJ King Macarella kabi ko'tarilayotgangan yulduzlar va taniqli aktyorlarni o'z ichiga olgan jo'shqin ijrochilarning hayajonli tarkibi ishtirok etadi.
Tadbir jamoatchilik uchun ochiq va kirish bepul.
Ma'lumot uchun: Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o'rtasidagi hamkorlik 1994-yilda oʻrnatilgan. Yevropa Ittifoqi 27 Yevropa davlatining iqtisodiy va siyosiy ittifoqidir. U hammaning manfaatini koʻzlab, butun dunyo boʻylab barqaror ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy rivojlanishni ragʻbatlantirish maqsadida faoliyat yuritadi