Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan tashkil etilgan tadbirda universitet talabalari va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Uchrashuvda talabalar va ularning ota-onalariga Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi Bahodir Hoshimov va boʻlimning bosh mutaxassisi Gʻayrat Hamroqulov korrupsion xatarlarni kelib chiqarishi mumkin boʻlgan holatlarni oldini olish va ularga qarshilik qilish boʻyicha tegishli tavsiyalarni berib oʻtdi.