Madaniy-ma’rifiy tadbir doirasida O‘zbekistonning milliy merosi keng namoyish etildi
Tadbirda O‘zbekistonning tarixiy shaxslari, urf-odatlari, milliy liboslari, hunarmandchilik mahsulotlari namoyish etildi. Shuningdek, xalq cholg‘ulari sadolari ostida ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, milliy raqslar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Alohida e’tiborlisi, delegatsiya vakillari tomonidan tayyorlangan o‘zbek milliy taomi – palov ham mehmonlarga tortiq qilindi. Palovning xushbo‘y hidlari, mazasi va taqdimoti argentinalik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Buenos Aires universiteti vakillari ushbu tashrif va tadbirni yuksak baholadi hamda bu kabi madaniy loyihalarning doimiy bo‘lishi zarurligini ta’kidladilar.
Tadbir, shu bilan birga, 2025-yilda Samarqandda o‘tkaziladigan UNESCO Bosh Assambleyasining 43-yig‘ilishi arafasida O‘zbekistonning boy merosini xalqaro miqyosda targ‘ib qilishga xizmat qildi.