Mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish masalasi muhokama qilindi
Bugun Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada Uchtepa tumani mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalarini tegishli xarajatlarga yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi. Jarayonda mablag‘lardan qonuniy, shaffof va maqsadli foydalanish, ularni aholining manfaatlariga xizmat qiladigan yo‘nalishlarga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 
Shuningdek, masala yuzasidan doimiy komissiya tomonidan olib borilgan o‘rganishlar va tegishli xulosalar deputatlar e’tiboriga havola etildi.
Sessiya ishida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi 19-Farhod saylov okrugi deputati Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich ham ishtirok etdi.
2026-09-11 11-53