“Malakaviy amaliyot – 2026” seminar-treningi o‘tkazildi
26-yanvar kuni Ingliz filologiyasi fakultetida 3-bosqich talabalari uchun “Malakaviy amaliyot – 2026” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar fakultetning o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Omonov T.A., ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Zokirov Sh.N., “Ingliz tilini o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi mudiri Atkamova S.A., pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Normurotova V.I. rahbarligida hamda kafedra o‘qituvchilari Kurbanova D.Sh. va Tuxtakhujaeva M.U. ishtirokida o‘tkazildi.
Seminar davomida malakaviy amaliyotning maqsadi, amaliyot davrida talabalar bajarishi lozim bo‘lgan haftalik vazifalar, malakaviy portfolio tarkibi hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlarni rasmiylashtirish va topshirish tartiblari batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, amaliyot kundaligi, hisobot, tavsifnoma va boshqa hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, baholash mezonlari, dars tahlilining turlari, sinov darslarini o‘tkazish tartibi hamda darsdan tashqari faoliyatni tashkil etish masalalari yoritildi.
Seminar savol-javoblarga boy va qizg‘in muhokamalar asosida o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.
Mazkur seminar-trening talabalar uchun malakaviy amaliyotni muvaffaqiyatli o‘tash va hujjatlarni xatosiz topshirish bo‘yicha muhim yo‘llanma vazifasini o‘tadi.