Malayziya-Oʼzbekiston taʼlim hamkorligi OʼzDJTU ishtirokida davom etmoqda

Аvval xabar berganimizdek, OʼzDJTU rektori I.Tuxtasinov boshchiligidagi delegatsiya Malayziyada boʼlib turibdi. 

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Malayziyaga rasmiy tashrifi, Oʼzbekiston-Malayziya Taʼlim forumi doirasida amalga oshirilayotgan ikki davlat OTMlari uchrashuvlari 5-fevral kuni ham davom etdi. 

 

Oʼzbekiston va Malayziya oʼrtasidagi oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik ikki davlatning strategik manfaatlariga xizmat qilmoqda. Malayziyaning innovatsion taʼlim metodlari va xalqaro tajribasi oʼzbekistonlik talabalar va oʼqituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. 

Xususan, OʼzDJTU delegatsiyasi Malayziyaning Devan Baxasa dan Pustaka taʼlim tashkilotiga tashrif buyurdi va OʼzDJTU rektori I.M.Tuxtasinov hamda Devon Baxasa dan Pustaka tashkiloti rahbari doktor Hasami bin Jahari oʼrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. 

Unga koʼra, malay tilining universitetda oʼqitilish jarayonini qoʼllab quvvatlash, oʼqituvchilar malakasini maqsadli oshirish, oʼquv metodik adabiyotlarni birgalikda tayyorlash, test sinovlarini tashkil etish, Oʼzbekistonga talalabalar yuborish kabi masalalar kelishuv hujjatarida oʼz aksini topdi. 

Uchrashuv soʼngida ikki tomonlama manfaatlar borasida imzolangan hujjatlar bir necha yil davomida OʼzDJTU va Devan Baxasa tashkiloti oʼrtasidagi mustahkam hamkorlikka xizmat qiladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube