Malayziyada malaka oshirish dasturining ikkinchi kuni!
Universitet Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, pedagogika fanlari doktori, professor Zaripov Lochin Rustamovichning Malayziya Malakalar Agentligi (MQA – Malaysian Qualifications Agency) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi hamkorligida Kuala-Lumpur shahrida tashkil etilgan malaka oshirish dasturidagi ishtiroki davom etmoqda.

Ushbu jarayonda olingan tajriba universitetda ta’lim sifati nazorati, oliy ta’lim standartlarini takomillashtirish hamda xalqaro tajribalarni o‘rganish bo‘yicha professional salohiyatni yanada oshirishga xizmat qiladi. Malaka oshirish doirasida ilg‘or xorijiy tajribalar, zamonaviy ta’lim sifati monitoringi tizimlari hamda akkreditatsiya jarayonlari o‘rganilmoqda.
Mazkur xalqaro dastur MQA doirasida ta’lim sifatini ta’minlash tizimini rivojlantirish, shuningdek, uni global standartlarga moslashtirishga qaratilgan muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.