17-may kuni O’zDJTU Roman-German filologiyasi fakulteti Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi N.Maxmudova boshchiligida Ingliz tili 2-fakulteti 2214-guruh talabalari bilan "El aprendizaje de las vacaciones en España" mavzusi doirasida maʼnaviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
Mazkur tadbirga Roman-German filologiyasi fakulteti Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi mudirasi D.Bakhronova, kafedra XQM kengashi raisasi Sh.Xodjayeva, shuningdek, Ingliz tili 2-fakulteti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari M.Jakbarov va O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari Z.Abdusamatov tashrif buyurdi.
Dastur davomida talabalar va ustozlar o'rtasida qizg'in suhbatlar o'tkazildi. Turli kuy-qo'shiqlar kuylandi, raqslar namoyish etildi va mashhur ispan shoiri Federico García Lorca she'rlari ijro etildi.
Tadbir so'ngida qatnashchilar dastur haqidagi o’z iliq fikrlari va samimiy izohlarini bildirishdi.