2023-yil 10-oktabr kuni OʻzDJTU rektori prof. Ilxomjon Tuxtasinov Ispaniyaning Kadiz universiteti xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori Rafael Jiménez Castañeda hamda Universitetning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo xalqaro markazi – CUNEAC rahbari Andres Santana Arribasni qabul qildi. Uchrashuv davomida universitetda ispan tilining oʻqitilishi va mazkur davlat universitetlari bilan hamkorlik toʻgʻrisida maʼlumot berildi.Oʻzaro hamkorlikni rivojlanish, jumladan tilshunoslarni universitetimizga yuborish, sertifikat berish huquqi bilan ispan tili test markazini tashkil qilish borasidagi takliflar berildi.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor prof. G. Bakiyeva Kadiz universiteti bilan ilmiy sohada aloqalarni rivojlantirish, ikkita universitet diplomlari beriluvchi qoʻshma doktorantura dasturini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar bildirdi.
Rafael Jiménez Castañeda berilgan takliflarni qoʻllab-quvvatladi va Kadiz universiteti barcha sohalarda hamkorlik qilishga tayyorligi, qoʻshma doktorantura dasturlarini amalga oshirishi mumkinligini maʼlum qildi.
Uchrashuvdan soʻng, universitet rahbarlari ishtirokida Roman-german filologiyasi fakultetida tashkil etilgan Ispan-Oʻzbek tillari markazining tantanali ochilish tadbiri boʻlib oʻtdi.