Mustaqil izlanuvchilar uchun suhbat imtihonlari tashkil etildi
22-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga joriy yilning 4-choragi uchun mustaqil izlanuvchilikka mutaxassislik bo‘yicha suhbat imtihonlari boʻlib oʻtdi.
Dastur avvalida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov nutq soʻzlab, imtihon ishtirokchilariga omad yor boʻlishini tiladi.
Imtihon malakali mas’ul mutaxassislar tomonidan ochiqlik, shaffoflik tamoyillariga asoslanib olindi. Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar imtihon oluvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berib, oʻz bilim-koʻnikmalarini namoyish etishdi.