25-fevral sanasida O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetida 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi, 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar hamda 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar ixtisosliklari bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar uchun suhbat asosida imtihonlar tashkil etildi.

 

 

Ushbu imtihonlar talabalarning nazariy bilimlari va amaliy tayyorgarligini aniqlash, shuningdek, ilmiy izlanuvchilik faoliyatiga qiziqish va malakasini baholash maqsadida o‘tkazildi. Suhbat jarayonida talabgorlarning fanga yondashuvi, analitik fikrlash qobiliyati va metodik ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube