“Mustaqillik kubogi” g‘oliblari taqdirlandi

Mustaqillik kubogi” g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan “Mustaqillik kubogi” sport musobaqalari yakunlandi.

 



Musobaqalar doirasida basketbol va voleybol sport turlari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
 Voleybol bo‘yicha ayollar jamoalari o‘rtasida:


1. ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash bo‘limi jamoasi;
2.Ingliz tili 2-fakulteti jamoasi;
3.Roman-german filologiyasi fakulteti jamoasi.


Basketbol bo‘yicha erkaklar jamoalari o‘rtasida:

1.Ingliz tili 2-fakulteti jamoasi;

2.Ingliz tili 1-fakulteti jamoasi;

3. Roman-german filologiyasi fakulteti jamoasi.


Musobaqalarda g‘olib va sovrindorlar uchun taqdirlash marosimi tashkil etildi. Unda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, g‘olib jamoalarga diplom va esdalik sovg‘alarini tantanali ravishda topshirdi.

 



“Mustaqillik kubogi” universitet jamoasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportga qiziqishni oshirish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube