Navro‘z shukuhi – qalblarda yangilanish nafasi!
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 1-TTJda tarbiyachi-pedagog Z. Karimova tashabbusi bilan Navro‘z bayrami o‘zgacha shukuh va ko‘tarinki ruhda nishonlandi.
Ushbu qadimiy va betakror bayram bahorning ilk nafasi, yangilanish va ezgulik timsoli sifatida talaba-yoshlar qalbiga iliqlik ulashdi. Tadbir davomida milliy an’analarimiz aks etgan sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar hamda qiziqarli chiqishlar namoyish etildi.
Talabalar milliy o‘yinlar, an’anaviy taomlar va ijodiy chiqishlar orqali Navro‘zning o‘ziga xos ruhini yanada yorqin ifoda etdilar. Bayram jarayoni samimiy muloqot, quvonch va ko‘tarinki kayfiyatga boy tarzda o‘tdi.
Navro‘z – bu birlik, mehr-oqibat va qalblarda yangi umidlar uyg‘otadigan ayyom!