Navro‘z tarovati – yoshlik qalbida bahor nafasi! 

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 2-talabalar turar joyida ham Navro‘z bayrami keng nishonlanib, talaba-yoshlar uchun unutilmas lahzalar ulashdi.

Mazkur bayram bahorning kirib kelishi, tabiatning uyg‘onishi va inson qalbidagi ezgu tuyg‘ularni uyg‘otishi bilan ajralib turadi. Shu bois tadbir davomida har bir chiqish va tashabbusda yangilanish ruhi yaqqol sezildi.

Dastur davomida talabalar tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari, milliy raqslar, kuy-qo‘shiqlar va turli interaktiv o‘yinlar bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Ayniqsa, milliy taomlar ko‘rgazmasi va an’anaviy urf-odatlar namoyishi barchada katta taassurot qoldirdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube