Nogironlar huquqlari – inson qadr-qimmatining muhim mezoni
2026-yil 5-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakultetida “Nogironlar huquqlari – har bir nogironligi bo‘lgan shaxs hech qanday cheklashlarsiz ega bo‘lishi lozim bo‘lgan huquq va erkinliklardir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda universitet yuristi Sh. Abdullayev, universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha raisi Sh. Shomutalova hamda Ingliz tili 2-fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi F. Ashurova ishtirok etdilar.
Suhbat davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar, inklyuziv ta’limning ahamiyati hamda jamiyatda teng huquqli muhitni shakllantirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir talabalarning mavzu bo‘yicha bilim va tushunchalarini yanada boyitishga xizmat qildi.
2026-10-07 12-00