ÖZDJTU TALABALARI YOŞLAR ÖRTASIDA GIYOHVANDLIKKA QARŞI TARĞIBOT TADBIRINI ÖTKAZDILAR

ÖZDJTU TALABALARI YOŞLAR ÖRTASIDA GIYOHVANDLIKKA QARŞI TARĞIBOT TADBIRINI ÖTKAZDILAR

Özbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti (XT3) 2423-guruh talabalari amaliyot rahbari Alikberova Kamila Adhamovna boşçiligida Yakkasaroy tumanidagi 160-sonli umumtaʼlim maktabida “Biz giyohvandlikka qarşimiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir taşkil etdilar.

Tadbirning asosiy maqsadi yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, ularni giyohvandlik va boşqa zararli odatlarning ayançli oqibatlaridan ogoh etiş hamda bu borada masʼuliyatli munosabatni şakllantirişdan iborat böldi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan, zararli odatlarning inson hayotiga salbiy taʼsirini aks ettiruvçi videorolik namoyiş etildi. Şuningdek, öquvçilarning mavzu yuzasidan bilimlarini mustahkamlaşga qaratilgan interaktiv öyinlar va qiziqarli savol-javoblar taşkil etildi.

Qizğin muloqot va faol iştirok ruhida ötgan uçraşuv öquvçilarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir yakunida faol iştirokçilar esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. Maktab maʼmuriyati mazmunli tadbir taşkil etilgani uçun ÖzDJTU jamoasiga minnatdorlik bildirdi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube