ÖZDJTU VA UMUMTA'LIM MAKTABLARI HAMKORLIGI: KITOBXONLIK VA INGLIZ TILIGA QIZIQIŞNI OŞIRIŞ YÖLIDA
Özbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-öqituvçilari tomonidan umumta'lim maktablari bilan hamkorlik doirasida öquvçilarning bilim va könikmalarini rivojlantiriş, kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş hamda xorijiy tillarni örganişga bölgan qiziqişini oşirişga qaratilgan ma'rifiy tadbirlar taşkil etilmoqda.
104-maktabda «Eng faol kitobxon» bellaşuvi
Ingliz tilini öqitiş metodikasi №1 kafedrasi öqituvçisi Mohinbonu Mardonova tomonidan 104-sonli umumta'lim maktabining 5-«J» sinf öquvçilari iştirokida «Eng faol kitobxon» ma'rifiy bellaşuvi ötkazildi. Tadbir davomida öquvçilar özlari mutolaa qilgan badiiy asarlar, ularning qahramonlari va tarbiyaviy ahamiyati haqida fikr bildirdilar. Şuningdek, özbek va jahon adabiyotiga oid savol-javoblarda faol qatnaşib, bilim va topqirliklarini namoyiş etdilar. Bellaşuv yakunida faol iştirokçilar esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.

195-maktabda hamkorlik doirasidagi taşrif
ÖzDJTU Ingliz tili nazariy aspektlari №3 kafedrasi katta öqituvçisi Muxtaşamova Parvina Zaxitovna Çilonzor tumanidagi 195-sonli umumta'lim maktabiga taşrif buyurdi. Taşrif davomida 6-sinf öquvçilari bilan suhbat taşkil etilib, ularning ingliz tiliga bölgan qiziqişi örganildi. Şuningdek, öquvçilarga «Engliş Club» tögaragining maqsadi va faoliyati haqida ma'lumot berildi.
Mazkur tadbir va taşriflar yoşlarning intellektual salohiyatini rivojlantiriş, mutolaa madaniyatini şakllantiriş, xorijiy tillarni örganişga rağbatlantiriş hamda universitet va umumta'lim maktablari örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaşişga xizmat qiladi.
