ÖZDJTUDA BRAZILIYANING KAMPINAS UNIVERSITETI DELEGATSIYASI BILAN UÇRAŞUV BÖLIB ÖTDI
13-noyabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universitetida Braziliyaning Kampinas universiteti (UNICAMP) delegatsiyasi bilan rasmiy uçraşuv bölib ötdi.
Unda ÖzDJTUning ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori Otabek Yakuboviç Yusupov, xalqaro hamkorlik masalalari böyiça prorektor Abdurahim Abdumutalipoviç Nosirov, Xalqaro hamkorlik bölimi boşliği X. Yuldaşev, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani A. Xalillaev, ispan filologiyasi kafedrasi mudiri I. Turamuratova hamda kafedra professori D. Baxronova iştirok etdilar.

Braziliya delegatsiyasiga Kampinas universiteti prorektori, professor Fernando Antonio Santos Koelo boşçilik qildi. Delegatsiya tarkibida prorektorning ilmiy işlar böyiça maslahatçisi, professor Duglas Soares Kalvan, Til tadqiqotlari instituti direktori, professor Petrilson Alan Pinheiro da Silva, Tilşunoslik instituti öqituvçisi, professor Simone Tiemi Haşiguti hamda Xalqaro hamkorlik ofisining xalqaro şartnomalar böyiça koordinatori Mayara Ferreira Morais qatnaşdi.
Uçraşuv davomida ikki universitet örtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş, talabalar va professor-öqituvçilar uçun akademik almaşinuv dasturlarini yölga qöyiş, portugal tili böyiça hamkorlikda darslik va öquv qöllanmalarini yaratiş, qöşma ilmiy tadqiqotlar olib boriş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, Kampinas universiteti talabalari uçun yozgi maktablar taşkil etiş, taʼlim va ilmiy faoliyat yönalişlarida özaro tajriba almaşiş hamda kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yönalişlarini belgilaş yuzasidan fikr almaşildi.
Tadbir doirasida professor Simone Tiemi Haşigutining ÖzDJTUda portugal tili taʼlimini yölga qöyiş böyiça ikki yillik tajriba va dastlabki natijalarga bağişlangan taqdimoti ham ötkazildi. Şuningdek, Roman-german filologiyasi fakultetida “Portugal tili va Braziliya madaniyati xonasi”ning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.
Muzokaralar yakunida ikki universitet örtasidagi hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan şartnoma imzolandi.

Mazkur hamkorlik oliy taʼlim tizimida xalqaro aloqalarni kengaytiriş, akademik mobillikni rivojlantiriş va xorijiy tillarni öqitiş sifatini oşirişga qaratilgan davlat siyosatining ustuvor yönalişlariga hamohangdir. Jumladan, Prezidentning 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim tizimini 2030-yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasida xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda akademik mobillik dasturlarini rivojlantiriş vazifalari belgilangan.