4-oktabr kuni O‘zDJTUda “Ogoh bo‘ling, biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi.



Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori  Valijon Sadiyev, Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Bahodir Hoshimov, universitet rahbariyati vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.



Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurash davlat siyosati darajasiga olib chiqilayotganligi va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘zlab o‘tdi. 

Shuningdek, universitetning rasmiy ijtimoiy tarmoqlari orqali korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar, uning talaba-yoshlar uchun salbiy oqibatlari hamda bu kabi holatlar to‘g‘risida oldindan xabar berish uchun ishonch telefon raqamlarining mavjudligi haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.



Xodimlar va professor-o‘qituvchilar orasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlik to‘g‘risida aytib o‘tildi.

Mazkur tadbir kunning ikkinchi qismida universitetning Zakovat ko‘chasi, 4-uy hududida joylashgan manzilida ham bo‘lib o‘tdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube