ONA TILIM — MILLIY IFTIXORIM, ÖZLIGIM VA MA’NAVIY BOYLIGIM
Özbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetida özbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan “Özbek tili — milliy ğururimiz va ma’naviyatimiz timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bölib ötdi.
Tadbirni fakultet dekani A. K. Xalillayev oçib berdi. Öz nutqida ona tilimizning beqiyos boyligi, betakror jozibasi hamda millatimiz ma’naviy hayotida tutgan örniga alohida töxtalib, tilimizni asrab-avaylaş, uning nufuzini yanada yuksaltiriş va kelajak avlodlarga munosib yetkaziş har birimizning muhim burçimiz ekanini ta’kidladi.
Tadbirda fakultet professor-öqituvçilari, kafedra mudirlari, dekan muovinlari, tyutorlar hamda Yoşlar ittifoqi yetakçisi iştirok etdilar.
Talabalar tomonidan ona tilimizni uluğlovçi şe’rlar, turli tillardagi samimiy tabriklar hamda kuy-qöşiqlar ijro etildi. Milliy raqslar bayramga özgaça şukuh bağişlagan bölsa, ona tilini asrab-avaylaş ğoyasini aks ettirgan sahna körinişi tomoşabinlarda çuqur taassurot qoldirdi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir yoşlar qalbida ona tiliga bölgan mehr va ehtiromni yanada kuçaytiriş, milliy qadriyatlarimizga sadoqat tuyğusini mustahkamlaş hamda özbek tilining bebaho ma’naviy meros sifatidagi ahamiyatini keng tarğib etişga xizmat qildi.
Zero, til — millatning ruhi, tarixining tirik guvohi va kelajagining mustahkam poydevoridir
2026-10-22 12-22