15-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan Oʻzbekiston – Tojikiston Oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II forumi oʻz ishini boshladi. 

Ayni paytda mazkur forumda, OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etmoqda.

“2030-yil: Oʻzbekiston va Tojikistonda oliy taʼlim va ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari” mavzusidagi anjumanda Tojikiston Respublikasi Taʼlim va fan vaziri Rahim Saidzoda boshchiligida tashrif buyurgan 30 ga yaqin nufuzli oliy taʼlim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya va Oʻzbekiston tomonidan esa 50 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etmoqda. 

Forum yakunida 50 dan ziyod anglashuv memorandumi, bitim va yoʻl xaritalari imzolanishi kutilmoqda.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube