O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti — RUR 2026 reytingida yangi yuksalish!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti — RUR 2026 reytingida yangi yuksalish!

Har yili e’lon qilinadigan Round University Ranking (RUR) — dunyodagi nufuzli universitetlar reytinglaridan biri bo‘lib, ta’lim sifati, ilmiy salohiyat va xalqaro faoliyatni kompleks baholaydi. 2026-yil natijalari e’lon qilindi va universitetimiz uchun bu yil ham ijobiy yangiliklar bilan boshlandi.

 RUR 2026 natijalariga ko‘ra:
 Dunyo bo‘yicha: 1282-o‘rin

 O‘zbekiston bo‘yicha: 26-o‘rin

 Alohida ta’kidlash joiz, o‘tgan yilga nisbatan universitetimiz mamlakat ichki reytingida sezilarli o‘sishga erishdi — 30-o‘rindan 26-o‘ringa ko‘tarilib, 4 pog‘onaga yuqoriladi

Bu natija tasodif emas. U — yillar davomida olib borilayotgan tizimli islohotlar, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan izchil sa’y-harakatlar, ilmiy faoliyatni kengaytirish hamda xalqaro hamkorliklarning amaliy samarasi hisoblanadi.
Bugun universitetimiz nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro ta’lim makonida ham o‘z o‘rnini tobora mustahkamlab bormoqda. Bu yutuq — har bir professor-o‘qituvchi, xodim va talabaning mehnati va fidoyiligining natijasidir.

Ushbu natijaga hissa qo‘shgan barcha jamoamiz a’zolariga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Bu — barchamizning umumiy yutug‘imiz.
Oldimizda yanada katta maqsadlar, yangi bosqichlar va yuqori marralar turibdi.

Birgalikda yanada yuksalamiz! 

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube