O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bitiruvchi bosqich talabalari uchun yangi imkoniyat!

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona organlari tomonidan iqtidorli, bilimli hamda faol yoshlarni tizimga jalb etish maqsadida universitetimiz bitiruvchi talabalari bilan uchrashuv (suhbat) tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Mazkur uchrashuv davomida talabalarga bojxona organlarida xizmat qilishning afzalliklari, yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot beriladi. Shuningdek, talabalar uchun bojxona organlarida amaliyot o‘tash imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi.

Suhbatda ishtirok etish uchun quyidagi mezonlarga mos keluvchi talabalar taklif etiladi:

 Talabalarni saralash mezonlari:

 Bilim va professional ko‘nikmalar

- Kamida 2 ta xorijiy tilni bilishi (ingliz tili majburiy, qo‘shimcha ravishda fransuz, rus, xitoy, koreys, turk va boshqa tillar);

Axborot texnologiyalari va raqamli dasturlar

- MS Excel, maʼlumotlar tahlili, dasturlash asoslari va boshqalar bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi;
- Iqtisod, huquq, xalqaro savdo, logistika, axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha yaxshi akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi;

 Ijtimoiy faollik

- Universitet hayotida faol ishtirok etishi;
- Talabalar tashkilotlari, yoshlar ittifoqi, ilmiy to‘garaklarda ishtirok etishi;
- Jamoada ishlash va liderlik qobiliyati;

Shaxsiy sifatlar

- Intizomlilik va masʼuliyatlilik;
- Halollik va fidoyilik;
- Tashabbuskorlik va tahlil qilish qobiliyati;

Qo‘shimcha yutuqlar

- Respublika yoki xalqaro fan olimpiadalari, tanlovlar va konferensiyalarda ishtirok yoki g‘oliblik;
-Sport musobaqalarida yutuqlar;
- Ilmiy maqolalar yoki startap loyihalar.

Mazkur imkoniyatdan foydalanib, o‘z professional faoliyatini bojxona sohasida davom ettirish istagida bo‘lgan barcha faol talabalarni ushbu suhbatda ishtirok etishga chorlaymiz.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube