Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti fakultetlarining hisobot yigʻilishlari davom etmoqda

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti fakultetlarining hisobot yigʻilishlari davom etmoqda

2025–2026 o‘quv yili yakunlari yuzasidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani A. Matyakubov tomonidan universitet rahbariyati, prorektorlar hamda tegishli bo‘lim boshliqlariga fakultetning yillik faoliyati bo‘yicha hisobot taqdim etildi.

Maxsus ishlab chiqilgan hisobot varaqalari asosida Xalqaro jurnalistika fakultetining bir yil davomida erishgan natijalari quyidagi yo‘nalishlar kesimida tahlil qilindi:

  • Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat;
  • O‘quv-uslubiy ishlar;
  • Ilmiy salohiyat;
  • Xalqaro aloqalar va hamkorliklar;
  • Iqtisodiy ko‘rsatkichlar.

Hisobot davomida fakultetning o‘quv yili mobaynida erishgan yutuqlari, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Shuningdek, 2026–2027 o‘quv yili uchun ustuvor vazifalar va rivojlanish yo‘nalishlari belgilab olindi.

Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan fakultet faoliyati yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalar asosida ta’lim sifatini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda media ta’limi yo‘nalishidagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube