13-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida Indoneziyaning nufuzli Gunadarma universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma malaka oshirish kursining Bitiruv va taqdirlash marosimi, shuningdek Tarmoq markazining Kompyuter XABining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirlarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich, Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Begimkulov Uzokboy Shoimkulovich, universitet prorektorlari, Gunadarma universitetining Xalqaro aloqalar va hamkorlik bo‘limi rahbari Dr. I Made Wiryana, Til va madaniyat fakulteti dekani Dr. Ichwan Suyudi, shuningdek O‘zDJTU huzuridagi Tarmoq markazi direktori Abduganiyeva Djamilya Rustamovna hamda boshqa mehmonlar ishtirok etdilar.

 

 

Tadbirlar davomida ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, innovatsion pedagogik yondashuvlarni rivojlantirish va pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tantanalı ravishda ochilgan Kompyuter XAB zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlanib, o‘quv mashg‘ulotlari, seminarlar, treninglar hamda innovatsion ta’lim loyihalarini samarali tashkil etish uchun xizmat qilishi ta’kidlandi.

 

 

Shundan so‘ng qo‘shma malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga malaka attestatlari tantanali ravishda topshirildi. Marosim ishtirokchilarning yutuqlari, o‘zaro tajriba almashuvi va xalqaro akademik hamkorlikning amaliy natijalarini yaqqol namoyon etgan holda yakunlandi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube