O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti Umumiy tilshunoslik kafedrasida tashkil etilgan "Zulfiyaxonim izdoshiman" nomli ilmiy to‘garakning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy to‘garak maqsadi: 1999-yil tashkil etilgan, har yili Respublikamiz hududlarida keng miqyosda o‘tkaziladigan Zulfiya nomidagi davlat mukofoti yo‘nalishlari, bosqichlari, qanday hujjat tayyorlash uchun iqtidorli talaba-qizlarga kerakli bilimlarni berib borish

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ilmiy salohiyati yuqori bo‘lgan kadrlarni shakllantirish borasida o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan Umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri, (DSc) professori Ra'no Madjidova to‘garakni ochib berdilar.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, to‘garak mas'uli Rohilabonu G‘o‘chchiyeva talabalarga ilmiy maqolaga mavzu tanlash va yozish bosqichlari haqida o‘quv-seminar tashkil qildi.
