O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-o‘qituvchilari Marmara universitetidagi ilmiy-amaliy seminarda: Ta’limda hamkorlik va innovatsiyalar sari

 

2025-yil 17–19-iyun kunlari, Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan Marmara universitetida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminar xalqaro ta’lim maydonida ilg‘or metodikalar, innovatsion yondashuvlar va ko‘p tillilik sohasidagi tajriba almashinuvini rivojlantirish, shuningdek, global hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratildi.

 

17-iyun kuni seminarning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Marmara universiteti vakillari hamda O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi. Tadbir davomida ta’lim sohasidagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan quyidagi ma’ruzalar tinglandi:
 • “Gender Mainstream Initiative: Redefining Academic Borders”
 • “Xorijliklarga turkiy tillarni o‘qitishning o‘ziga xos jihatlari (o‘zbek tili misolida)”

18-iyun kuni, seminarning ikkinchi kuni, amaliy mashg‘ulotlar va interaktiv sessiyalar bilan boyitildi. Jumladan:
 • “Til o‘rganishda multimedia va raqamli platformalar” mavzusida seminar mashg‘uloti,
 • “Madaniyatlararo kommunikatsiya va til o‘qitish” mavzusida guruhli muhokamalar tashkil etildi.

 

Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar Marmara universitetining kampuslariga tashrif buyurib, xalqaro tajriba almashdilar.

19-iyun kuni esa O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan taqdimotlar namoyish etildi. Konferensiya davomida delegatsiyalar o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish va ta’lim sohasida yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdilar.

Ushbu xalqaro tadbir nafaqat samarali tajriba almashuvi, balki O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining xalqaro maydondagi faol ishtiroki va nufuzini oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube