O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Tuxtasinov va rahbariyat vakillari, Chilonzor tumanida ijarada yashayotgan Ingliz tili ikkinchi fakulteti talabalarining yashash sharoitlarini joyida o‘rgandi
Tashrif davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning turar joy sharoitlari batafsil ko‘zdan kechirildi. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, elektr va gazdan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr bildirib, mavjud muammolarni bayon etdilar. Ularning murojaatlari tinglanib, amaliy yechimlar taklif etildi. Universitet rahbariyati talabalar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga qat’iy ahd berdi.