O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet rahbariyati bilan birga 1-talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.
U yerda talabalarning yashash sharoitlari, bo‘sh vaqtlarini qanday mazmunli o‘tkazayotganliklari bilan yaqindan tanishdi, ular bilan samimiy suhbat o‘tkazdi va qiziqishlari borasida fikr almashdi.

Shuningdek, TTJda yaratilgan sharoitlar, binoning isitish tizimi, tozalik va boshqa qulayliklar ko‘zdan kechirildi. Talabalar o‘zlari uchun yaratilgan sharoitlardan mamnun ekanliklarini bildirib, bo‘sh vaqtlarida amalga oshirayotgan ijodiy mashg‘ulotlari va badiiy chiqishlaridan namunalar taqdim etdilar.
Rektor Talabalar turar joyi atrofi va ichki hududlarini ham ko‘zdan kechirib, amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar va tavsiyalar berdi.
