O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan universitet logotipi tushirilgan ruchka, bloknot, kepka, futbolka va boshqa bir nechta mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Endilikda mazkur mahsulotlarni talabalar hamda istagi bor har bir kishi sotib olish imkoniga ega bo‘lmoqda.

Mazkur mahsulotlar savdosi universitet hududida joylashgan, 29-avgust kuni ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan “University mall” markazida yo‘lga qo‘yildi.

“University mall” markazi ochilish marosimida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, universitetning rahbariyati vakillari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Ular markazda savdoga qo‘yilgan mahsulotlar bilan tanishib, o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan esdalik buyumlarini xarid qilish imkoniga ega bo‘lishdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube