11-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha kengaytirilgan kafedra yig‘ilishi doirasida ilmiy muhokama bo‘lib o‘tdi. 

Unda tadqiqotchi Murtazaeva Aisafar Bazarkulovnaning “Menejment yo‘nalishi talabalarining chet tilida kasbiy muloqot madaniyatini rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Muhokama yakunida tadqiqotchining ilmiy ishi mazmuni, natijalari va dolzarbligi bo‘yicha ijobiy fikrlar bildirildi hamda dissertatsiya keyingi bosqichga tavsiya etildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube