O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Fuqoro muxofazasi tuzilmalari va tuman FVDT xizmatlari hamkorligida amaliy-taktik mashg‘ulot o‘tkazildi

Tadbirda universitet rahbariyati vakillari, Toshkent shahar FVB boshqarmasidan bo‘lim boshlig‘i mayor Jumaev Ozodjon Matyakubovich, Uchtepa tumani FVB bo‘limi o‘rinbisari, tezkor bo‘linma boshlig‘i kapitan Arabov Azizbek Saitkulovich hamda talabalar ishtirok etdilar.

 

 

Tadbir davomida shartli sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartarf etish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va fuqarolarni xavfsiz joyga evakuatsiya qilish bo‘yicha real sharoitlarga yaqin mashqlar tashkil etildi. Bu jarayon qutqaruvchilarning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

 

 

Ushbu amaliy mashg‘ulotlar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va hududiy xavfsizlik tizimining hamkorligini mustahkamlash, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni oshirish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasidagi muhim qadam sifatida e’tirof etildi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube