O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha barcha ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha barcha ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga!

Joriy yilning 21-avgust kuni soat 09:00 da O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti asosiy binosida, Ingliz tili 2-fakulteti binosida joylashgan “Faollar zali”da suhbat bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan barcha talabgorlarni belgilangan vaqtda suhbatga kelishlarini so‘raymiz.

O‘zingiz bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishingiz shart:

Fuqarolik pasporti yoki ID-kartaning asl nusxasi;
Talabgorning onlayn hujjat topshirganligi haqidagi ariza nusxasi;
Til yo‘nalishlariga hujjat topshirgan talabgorlar uchun til bilish sertifikatining asli va nusxasi.

Eslatma: Til bilish sertifikati quyidagi ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan talabgorlardan talab etiladi:

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili;
Filologiya va tillarni o‘qitish (tillar kesimida);
Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar kesimida).

 

Manzil: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, asosiy bino, Ingliz tili 2-fakulteti binosidagi “Faollar zali”.

Suhbat vaqti: 21-avgust, soat 09:00.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube