Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida ilmiy salohiyati oshib borayotgan, oʻz mutaxassisligi boʻyicha yangilik yaratib — dissertatsiya yoqlab, PhD ilmiy darajasiga sohib boʻlayotgan olimlar soni oshib bormoqda.
Xususan, joriy yilning 13-noyabr sanasida universitetimiz huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01 raqamli ilmiy kengashining ilmiy seminari boʻlib oʻtdi.
Ushbu yigʻilishda Atashikova Nilufar Anarmatovnaning 13.00.02 — Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan “Жанровый подход к формированию профессиональной компетентности студентов-экономистов” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya koʻrib chiqildi.