Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi
Bugun, 9-iyul kunidan boshlab Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlariga start berildi.
Ayni paytda imtihonlarning insho yozish va suhbat bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. Abituriyentlar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, ularning ota-onalari uchun imtihon jarayonlarini onlayn kuzatish imkoniyati ham ta’minlangan.
Ma’lumot uchun, OʻzDJTUda 9–10-iyul kunlari 60320200 – Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar hamda 60320100 – Xalqaro jurnalistika ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.