O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda universitet faoliyati, ilmiy tadqiqotlar hamda ta’lim jarayonini takomillashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Kuzatuv kengashi a’zolari tomonidan universitetning ilmiy va akademik salohiyatini yanada oshirish, zamonaviy tashabbus va strategiyalarni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan muhim taklif va qarorlar ilgari surildi.

 

 

Mazkur yig‘ilish Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti direktori Uzoqboy Begimkulov Shoimkulovich raisligida o‘tkazildi. Unda O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov, universitet rahbariyati vakillari hamda Kuzatuv kengashi a’zolari ishtirok etib, oliy ta’lim muassasasining joriy holati va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

 

 

Yig‘ilish davomida universitet rahbariyati tomonidan o’tgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusida rejalashtirilgan vazifalar bo‘yicha hisobotlar taqdim etildi. Shuningdek, ayrim Kuzatuv kengashi a’zolari yig‘ilishda onlayn formatda qatnashib, muhokamalarga faol munosabat bildirdilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube