Bugun, 29-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida madaniy obyektlar soni yana bittaga ko‘paydi.
75 yillik tarixga ega universitetning endilikda o‘z muzeyi mavjud.
Universitetning sal kam bir asrlik tarixidan so‘zlovchi, eng katta yutug‘idan tortib, talabalar erishgan har bir marra, xalqaro yutuqlar, hamkorliklar va esdalik sovg‘alarni o‘zida jamlagan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti muzeyi bugun o‘z faoliyatini boshladi.
Universitetning 75 yilligi munosabati bilan faoliyati yo‘lga qo‘yilgan mazkur muzey ochilishida Universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, universitet rahbariyati vakillari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi mutaxassisi Zavqiddin Nasimov, shuningdek, Nozima Yusupova va boshqa mehmonlar, professor-o‘qituvchilar hamda bir qancha talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda mazkur muzeyga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan 500 dona kitob sovg‘a qilinishi aytib o‘tildi.