24-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida PRESSETT treningi o‘z ishini boshladi
Treningning asosiy maqsadi – o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanish jarayonini mustahkamlash, reflektiv amaliyotlarni chuqur o‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etishdan iborat.
Mazkur treningda Respublika OTMlarining 160 dan ortiq professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Tadbirni O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov va Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Denise Waddingham kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Trening davomida quyidagi mavzular muhokama qilinmoqda:
- CPD va reflektiv amaliyotlar tushunchasi
- Metodologik dars namunasi va tahlili
- Til o‘rganish darslarida refleksiya
- O‘qitish amaliyotida refleksiya va rejalashtirish
Treningda tajribali mutaxassislar – Nodira Isamuxamedova, Roza Ziryanova, Saida Irgasheva, Kamola Alimova va boshqalar ishtirok etib, o‘z tajribalari bilan bo‘lishdi.
Ma’lumot uchun: bugun 25-fevral kuni ham PRESSETT treningi o‘z faoliyatini davom ettiradi.