O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh joriy yilning 9-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga qarashli 1-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurdi. Mazkur tashrif talaba-qizlar uchun yaratilgan yashash sharoitlarini o‘rganish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.

Tashrif davomida ishchi guruh a’zolari talabalar turar joyidagi oshxona, yashash xonalari va umumiy foydalanish joylarining holati bilan yaqindan tanishdi. Mavjud sharoitlar, sanitariya-gigiyena talablari hamda qulayliklar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

 

 

Shuningdek, talaba-qizlar bilan samimiy va ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Bildirilgan takliflar asosida mas’ul mutasaddilar tomonidan tegishli choralar ko‘rish rejalashtirilgani qayd etildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube