O‘zDJTU Angren xorijiy tillar fakultetida ota-onalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren xorijiy tillar fakultetida talabalar ota-onalari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Mazkur tadbir fakultet dekani Ixtiyor Rahmatullayevich Bazarov, dekan o‘rinbosari Baxromjon Baxriddinovich Razzoqov hamda kafedra mudiri Shakir Mamataliyevich Urishov tashabbusi bilan o‘tkazildi.

Uchrashuv ota-onalar uchun online va offline shakllarda tashkil etilib, unda talabalarning o‘quv jarayonidagi yutuqlari, akademik faolligi va erishayotgan natijalari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Ota-onalar farzandlarining ta’lim jarayoni bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Tadbir davomida ota-onalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, o‘quv jarayoniga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, darslarda faol ishtirok etib, namunali xulqi va o‘qishdagi yutuqlari bilan ajralib turgan bir guruh talabalar alohida e’tirof etildi.

Uchrashuv davomida ota-onalar tomonidan berilgan savollarga fakultet rahbariyati va mas’ul xodimlar tomonidan batafsil hamda asosli javoblar berildi. Tadbir yakunida ota-onalar tashkil etilgan uchrashuvdan mamnun ekanliklarini bildirib, talabalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va ta’lim sifati uchun universitet rahbariyatiga o‘z minnatdorliklarini izhor etdilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube