OʻzDJTU delegatsiyasi xalqaro seminar-treningda ishtirok etdi

OʻzDJTU delegatsiyasi xalqaro seminar-treningda ishtirok etdi

Toshkent shahridagi Hyatt Regency mehmonxonasida “Tamoyildan amaliyotgacha: oliy ta’lim tashkilotlarida sifatni ta’minlash boshqaruvi va xalqaro akkreditatsiyaga eltuvchi yo‘l” mavzusida xalqaro seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

 



Germaniyaning FIBAA xalqaro akkreditatsiya tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda 200 dan ortiq oliygoh rahbarlari, mutaxassislar va xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Seminar-treningda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetidan Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Zaripov Lochin Rustamovich, Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Nishanaliyev Bekzod Xayrulla o‘g‘li hamda universitet delegatsiyasi faol qatnashdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar oliy ta’limda sifatni ta’minlashning zamonaviy yondashuvlari, xalqaro akkreditatsiya jarayonlari hamda muvaffaqiyatli akkreditatsiya strategiyalari bo‘yicha xalqaro ekspertlarning amaliy tavsiyalari bilan tanishdilar.

 



OʻzDJTU delegatsiyasi seminar-treningda orttirilgan tajriba va bilimlar universitetda ta’lim sifatini yanada takomillashtirish hamda xalqaro reyting va akkreditatsiya yo‘nalishlaridagi faoliyatni rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildiradi.
 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube