O‘zDJTU delegatsiyasining Ispaniyaga xizmat safari oldidan tayyorgarlik yig‘ilishi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 4-iyundagi 01/12-4003-sonli xati asosida Ispaniya Qirolligining Madrid va Barselona shaharlarida bo‘lib o‘tadigan Ispaniya–O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari birinchi forumida ishtirok etish uchun universitet delegatsiyasi xizmat safari oldidan bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishga Ilxomjon Tuxtasinov rahbarlik qildi. Tadbir davomida delegatsiyaning forumdagi ishtirokini samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, taqdimot materiallarini tayyorlash, uchrashuvlar jadvalini muvofiqlashtirish hamda tashkiliy va logistika masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, forum doirasida rejalashtirilgan uchrashuvlar va kelishuvlarni samarali amalga oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida delegatsiyaning xizmat safari oldidan barcha tayyorgarlik jarayonlari ko‘rib chiqilib, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan yakuniy ko‘rsatmalar berildi.
