12-dekabr kuni O‘zDJTU “Ekologiya va yashil resurslar” kafedrasi o‘qituvchilari O‘zbekiston ekologik partiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yomg‘ir suvlari: muammo va yechimlar” mavzusidagi “Olam” munozara klubining navbatdagi sonida ishtirok etdi. Tadbir ekologiya va barqaror rivojlanish masalalariga bag‘ishlandi.
Munozaralar jarayonida soha mutaxassislari yomg‘ir suvlarini boshqarish, ularni qayta foydalanish imkoniyatlari hamda mavjud infratuzilma bilan bog‘liq muammolar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, ilg‘or tajribalar va zamonaviy yondashuvlar muhokama qilindi.
Tadbir yakunida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan umumiy xulosalar chiqarilib, yomg‘ir suvlaridan samarali foydalanish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan aniq takliflar ilgari surildi.