O‘zDJTU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida Hamkorbank xodimlari uchun “Kasbiy rus tili” o‘quv kursi boshlandi

O‘zDJTU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida Hamkorbank xodimlari uchun “Kasbiy rus tili” o‘quv kursi boshlandi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi (https://t.me/qaytatayyorlashvamalakaoshirish) hamda “Hamkorbank” ATB (https://hamkorbank.uz) hamkorligida bank xodimlari uchun “Kasbiy rus tili” qisqa muddatli o‘quv kurslari boshlandi.

Mazkur kurs bank xodimlarining kasbiy faoliyatida rus tilidan samarali foydalanish, mijozlar bilan erkin va professional muloqot olib borish, bank xizmatlarini rus tilida to‘g‘ri tushuntirish hamda sohaga oid terminologiyani amaliy nutqda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Mashg‘ulotlar f.f.f.d. (PhD), dotsent v.b. Uzbekov Timur Sakenovich tomonidan amaliy va kommunikativ yondashuv asosida olib borilmoqda.

Kurs davomida tinglovchilar bank faoliyatida uchraydigan real kommunikativ vaziyatlar asosida rus tilida og‘zaki va yozma muloqot qilish, mijozlarga bank mahsulotlari va xizmatlari haqida ma’lumot berish, kasbiy dialoglar olib borish hamda bank terminologiyasidan o‘rinli foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.

Ushbu o‘quv kursi ta’lim va bank sohasi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, xodimlarning kasbiy va kommunikativ kompetensiyalarini oshirishga xizmat qiladi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube