23-oktabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019. Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengashning 28-son majlisi oʻtkazildi. 

Majlisda Shakurbanova Nadejda Emirovnaning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan “Polipredikativ tuzilmalarning sotsiolingvistik informativligi (badiiy matndagi ayollar rollari materialida)” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi boʻlib oʻtdi.

 

  

Muhokama jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, savollarga asosli javob berdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube