OʻzDJTU Ingliz tili 3-fakulteti kafedra mudirlari, professor oʻqituvchilari uchun bugun 27-dekabr kuni mutaxassislar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Maʼnaviyat va maʼrifat respublika kengashining kengaytirilgan videoselektor yigʻilishida qilgan maʼruzasi mazmun-mohiyati batafsil tushuntirish va undan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi.
Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor A.Nasirov boshchiligidagi mutaxassislar tomonidan Universitetning rivojlanishida va turli xalqaro va milliy reytinglarda kirishda Xalqaro aloqalarning ahamiyati, xorijiy OTMlar bilan hamkorlik memorandumlari va shartnomalar: natijalar va vazifalar shuningdek, OʻzDJTUda xalqaro aloqalarning taʼlim sifatiga taʼsiri, xorijiy mutaxassislarni universitetimizga jalb qilish, xalqaro grantlarda qatnashish, ERASMUS+ dasturi kabi qator mavzularda maʼruzalar oʻqildi.