O‘zDJTU rahbariyati ikkinchi sonli talabalar turar joyidagi sharoitlarni o‘rgandi
Bugun, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxom Tuxtasinov universitet rahbariyati vakillari bilan birgalikda ikkinchi sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida rahbariyat vakillari talabalarning yashash sharoitlari, isitish tizimi, sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik holatini o‘rganishdi. Shuningdek, talabalar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning o‘quv jarayoni, darsga qatnashish holati hamda ma’naviy muhit bo‘yicha fikrlari tinglandi.

Talabalar o‘z taklif va mulohazalarini bildirib, turar joydagi qulayliklar hamda mavjud muammolar haqida ma’lumot berishdi.
Rektor Ilxom Tuxtasinov esa o‘rganish jarayonida aniqlangan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Mazkur tashrifning asosiy maqsadi — kuz–qish mavsumida talabalar uchun xavfsiz, qulay va sog‘lom yashash muhitini yaratish, shuningdek, ularning ta’lim va tarbiyaviy jarayonda faol ishtirokini ta’minlashdan iborat bo‘ldi.