OʻzDJTU rektori Angren xorijiy tillar fakulteti talabalari bilan uchrashdi
Bugun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov universitet rahbariyati vakillari bilan birgalikda Angren xorijiy tillar fakultetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida rektor fakultet talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda Angren shahridagi 2-son umumta’lim maktabi direktori Sarvar Nuriddinov, OʻzDJTU moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori M. Xamrayev hamda Angren xorijiy tillar fakulteti dekani I. Bazarov ishtirok etdilar.
Suhbat chog‘ida talabalar ta’lim sifati, o‘quv sharoitlari, dars jarayonidagi faollikni oshirish va o‘qitish samaradorligini yuksaltirish masalalari yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirishdi.
Rektor I. Tuxtasinov, prorektor M. Xamrayev va dekan I. Bazarov talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berib, ularning bildirilgan takliflarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan fikr almashdilar.